«KUN.UZ» tahririyatiga Namangan viloyatining Çortoq tumanida istiqomat qiluvçi bir guruh fuqarolardan murojaat kelib tuşdi. Uning mazmuni quyidagiça:

“Çortoq tumani hududida boğ barpo etiş masalasida Namangan viloyati, Çortoq tumani hokimi nomiga 2011 yilda ariza bilan murojaat qilingan. Mazkur arizaga köra, tuman hokimining 2011 yil 10 oktabrdagi 788-sonli qarori bilan, "Çortoq meva uzum" agrofirmasi hududi 569-konturidan 3,0 ga, 556-konturidan 3,6 ga ijara asosida (2011 yildan 2060 yilgaça jami 50 yil muddatga), jami 6,6 ga yer ajratilgan.

Ajratilgan yer maydonlarida işçi kuçi yollanib yerni tozalaş, kerakli işlov beriş amalga oşirilib, mazkur hududda 1 gektardan jami 6 ta boğ barpo etilgan. 2017 yilda mazkur hudud respublika yer fondi zaxirasida ekanligi haqida ma'lum qilingandan söng, boğ egalari tomonidan boğni qayta rasmiylaştirib beriş masalasida tuman hokimligiga ariza bilan murojaat qilingan, lekin ariza hokimlik tomonidan körib çiqilmagan, unga rasman javob berilmagan.

Hozirgi kunga kelib tuman hokimligi yer tuziş va köçmas mulk kadastri xizmati tomonidan boğni buzib taşlanişi aytilmoqda. Boğ joylaşgan hududning adirlikda joylaşganligi, ball bonitetining pastligi (55 ball boniteti) tufayli mazkur hudud faqat boğdorçilik uçun qulay hisoblanadi. Bugungi kunda mazkur boğda mevalar hosilga kirib, bir neçta oilalar mazkur boğ orqali rözğor tebratib kelişmoqda.

Boğni buzib taşlanişi oqibatida bir neça oilalar tirikçilik manbaisiz qolişini inobatga olgan holda uşbu masalada amaliy yordam berişingizni sörayman. Barça ijaraçilar nomidan Olimjon Majidov”.

Biz mazkur masalaga oydinlik kiritiş maqsadida Çortoq tumanida bölib, boğbonlar, tuman yer resurslari va davlat kadastri bölimi, tuman hokimligi mutasaddilarining fikrlarini atrofliça tingladik.

Boğbon Olimjon Majidovning aytişiça, tuman hokimining qaroriga binoan “Zafar Zohid Sardorbek” fermer xöjaligi ixtiyoriga ajratilgan, keyinçalik tuman zaxirasiga olingan 6,6 gektar yer maydonida intensiv boğ barpo etilib, undan hozirga qadar önga yaqin boğbon foydalanib kelmoqda.

Mazkur fermer xöjaligiga qonunda belgilangan tartibda tegişli idoralarga öz vaqtida hisobotlarni topşiriş va soliq tölovlarini tölab boriş, yerdan oqilona foydalaniş, yerni unumdorligini oşiriş vazifasi yuklatilgan edi. Bu majburiyatlar boğbonlar tomonidan ado etib kelingan. Dengiz sathidan 615 metr balandlikda joylaşgan, adirliklar bağriga yastangan ajib boğda bobodehqonlar tomonidan, mana, olti yildan buyon yetiştirilayotgan olma, bodom, olxöri, şaftoli kabi sarxil mevalar xalqimiz dasturxoniga tortiq etilmoqda.

Çortoq tumani hokimining 2015 yil 3 sentabrdagi 960-sonli qarori bilan, Olimjon Majidov nomiga ajratib berilgan yer maydonidagi boğlarga egalik qiliş huquqi hamda ijara şartnomasi tuman hokimining fermer xöjaligi yuritiş uçun yer uçastkasi beriş töğrisidagi qarori viloyat hokimi boşçilik qiladigan yer uçastkalarini beriş (realizatsiya qiliş) masalalarini körib çiquvçi viloyat komissiyasi tomonidan tasdiqlanmaganligi sababli bekor qilindi.

Ta'kidlaş joiz, bu yer qişloq xöjaligiga möljallangan yerlarni ijaraga beriş bilan boğliq bölgan 2009-2015 yillarda qabul qilingan qarorlarni qonunga muvofiqligini inventarizatsiyadan ötkaziş yakunlari va yerlardan samarali foydalaniş ustidan davlat nazoratini amalga oşiriş çora-tadbirlari doirasida tuman yer zaxirasiga kiritilgan.

Mazkur qarorning tegişli bandida nazarda tutilgan bölişiga qaramasdan, bu haqda na fermer xöjaligi rahbari, na boğbonlar xabardor etilgan. Bundan bir yil ötgaç voqif bölgan boğbonlar yerga egalik huquqini oliş ilinjida davlat idoralarida sarson-sargardon bölib yurişibdi.

- Mana, ikki yildan buyon tuman hokimligi, tuman yer resurslari va davlat kadastri bölimi, Prezidentning Xalq qabulxonasiga qilgan murojaatlarimiz javobsiz qoldirildi. 2017 yil boşida tayinlangan tuman yer resurslari va davlat kadastri bölimi boşliği Inomjon aka ham dardimizni eşitişni, hujjatlarimizni qabul qilişni istamayapti, - deydi boğbon Murodjon Najmiddinov. - Bu boqqa  nafaqat özimiz, balki oila-a'zolarimizning yetti yillik maşaqqatli mehnatlari tikilgan. Ekkan daraxtlarimiz endi bu yil yaxşi hosilga kiray deganda, boğni buzib taşlaşini aytişdi. Tuman hokimi qabulida bölganimizda, bizga bolalar sportiga, metallomga pul ötkazib beriş lozimligini aytişdi. Har birimiz imkoniyatimiz darajasida, 200-250 ming sömdan homiylik mablağlarini ötkazib berdik. Ammo şunga qaramay muammo hal etilmayapti. Özingiz öylang, uç nafar farzandim bor. Poytaxtdagi oliygohda tahsil olayotgan tönğiç öğlimni moddiy ta'minotini uddasidan çiqişni özi böladimi, bir özim işlasam axir. Tumanda tuppa-tuzuk taşkilotga işga kiraylik desak, muqim işlab turgan sanoat korxonasining özi bölmasa. Boğ olib qöyilsa, işsizlikdan biz ham bola-çaqamizni taşlab çet-elga tirikçilik uçun ketaylikmi? Özimizda tayyor imkoniyat böla turib, jabru sitamlarga uçraylikmi?

Mazkur masala yuzasidan tuman yer resurslari va davlat kadastri bölimi rahbari Inomjon Safarov bizga şunday dedi:

- Aslini olganda bu boğ paxtaçilik va ğallaçilikka ixtisoslaşgan. Şunday bölsa-da, ularga tuman hokimining qarori bilan Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 7 sentabrdagi 02-23-73-sonli xatiga asosan fuqarolar Valijon Jörayev va Olimjon Majidovlarga jami 11,6 ga. yer maydonlari boğdorçilik yönalişidagi fermer xöjaliklarini taşkil etiş uçun ajratib berilgan. Lekin qulay tabiiy iqlim şaroiti bölişiga qaramasdan, ijaraga oluvçilarning aybi bilan hosildorlik darajasi keyingi uç yil mobaynida belgilangan normativdan pasaytirib yuborilgani sababli yer ijara şartnomasi bekor qilingan. Bu haqdagi hokim qaroridan Olimjon Majidovning xabari bölgan. Viloyat hokimining tegişli farmoyişiga binoan boğni buzilişi belgilangan. Biroq tuman hokimi, tuman içki işlar bölimi boşliği bilan boğdagi holat örganilganda, boğ foydalanuvçilariga imkoniyat beriş haqida bir töxtamga kelindi.

Şu örinda haqli bir savol tuğiladi: adirlikdagi boğ örnida qanday qilib paxta-yu ğalla ekiş, undan manfaatdorlik köriş mumkin? Aytişlariça, bu yer joylaşgan hududning adirlikda joylaşganligi, ball bonitetining pastligi (55 ball boniteti) tufayli mazkur hudud faqat boğdorçilik uçun qulay. Paxtaçilik va ğallaçilikda 50 sentnerni qöya turaylik, hatto hosilni 20 sentnerga ham kötarib bölmaydi, deyişmoqda.

Prezidentimizning 2017 yil iyul oyida Namangan viloyatiga qilgan taşrifi çoğida ham Çortoq tumanini boğdorçilikka yönalişidagi fermer xöjaliklariga ixtisoslaştiriş vazifasi yuklatilgan edi-ku!

Boğda tirikçilik qilayotgan Olimjon Majidov, Ahmadjon Murodov, Öktamjon Ergaşev, Sodiqjon Soliyev, Murodjon Najmiddinov, Isoqjon Norimov, Ahmadbek Rahimov, Kamoliddin Ergaşev, Boburjon Xolmirzayev, Bahodir Umrzoqovlar hamrohligida masala yuzasidan Çortoq tumani hokimi Oybek Haydarov qabulida böldik.

- Tumanimizda bugunga kunda zaxiraga olingan yer maydonlari deyarli yöq. Biz mavjud yer maydonlaridan, kerak bölsa har bir qariç yerdan oqilona foydalanişimiz lozim. Oldimizda esa tumanimizning 15 million dollarlik eksport rejasini ado etiş vazifasi turibdi. Har biringiz ayni şu jihatga alohida e'tibor qaratişingizni istar edim, - dedi tuman hokimi Oybek Haydarov. – Tuman hokimligi hamda yer resurslari va davlat kadastri bölimi tomonidan bir oy muddat içida zaxiraga olingan boğ hududida yangitdan fermer xöjaligini taşkil etiş böyiça tender tanlovini ötkaziş, har biringizga bir gektardan yer maydonini ajratib beriş çorasi köriladi.

Şaxsan mamlakatimiz rahbari bu masalaga özi bevosita e'tibor qaratib kelayotgan bir vaqtda davlat va xalq örtasidagi munosabatlarning oçiqligi jamiyatimiz ravnaqi yölida ğov bölib turgan muammolarni bartaraf etilişida muhim örin tutadi.

Öylaymizki, Çortoq tumani hokimi va mutasaddilari ham bergan va'dalarida sobit bölib, boğbonlarning yerini huquqiy jihatdan rasmiylaştirib berişadi. «KUN.UZ» tahririyati bu masalaga yana qaytadi.

Oqilxon Dadaboyev,
jurnalist.