Yangi EagleRay droni ham uçişi, ham suv ostida suzişi mumkin. Şimoliy Karolina Universiteti mutaxassislari yangi tadqiqotlar ötkaziş uçun foydalanişda yanada keng imkoniyatlari bilan ajralib turuvçi amfibiya-qurilmani ixtiro qilişdi.
EagleRay XAV boşqa qurilmalardan farqli ölaroq, zaryad oliş uçun suv sathiga qönişi yoki suv ostida s'yomkalarni amalga oşiriş mumkin. U öz dizayniga köra Britaniyaning AquaMav mahsulotini yodga soladi. Qurilma uzunligi atigi 1,4 metrni taşkil qiladi. Burun qismidagi propeller atrof-muhitdagi vaziyatga qaramay, suvda ham, havoda ham harakatlaniş imkonini beradi.
Bunday köp qirralilik katta ustunlikka ega böliş imkonini beradi. Işlab çiqaruvçilarning sözlariga köra, EagleRay batareyasining yaroqlilik muddati uning boşqa dronlardan uzoqroq işlaşini ta'minlaydi. Yangi qurilma oddiy havo droni amalga oşira olmaydigan kuzatuvlarni olib beradi, uning uzoq masofalarga parvoz qiliş xususiyati esa barça muqobillarni ortda qoldiradi.
Bugungi kunda muhandislar dron parametrlarini oşiriş yoki kiçraytirişga doir modifikatsiyalarni işlab çiqiş bilan şuğullanişmoqda. Xususan, ular operatorga havo va suv muhitida qurilmani yanada oson boşqariş imkonini beruvçi maxsus kontrollerni işlab çiqişni rejalaştirişmoqda.












