Myunxenda ötayotgan xavfsizlik böyiça xalqaro konferensiyada Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahudan keyin bir neça soat ötib sözga çiqqan Eron taşqi işlar vaziri Javod Zarif Eron aslo mintaqada gegemonlikka intilmayotganligi, mintaqada tinçlik örnatiş uçun birgalikda sa'y-harakat qilinmasa, boşboşdoqlik boşlanişi haqida gapirgan.

Zarifning sözlariga köra, Tehron Fors körfazi davlatlariga umumiy xavfsizlik tizimini yaratişga xizmat qiluvçi harbiy sohada işonçli hamkorlikni mustahkamlaş uçun birgalikda qadam bosişni taklif etmoqda.

«Agar bizning qöşnilarimiz bizga qöşilişsa, bu mintaqada rasmiy va norasmiy darajada muloqotni taşkillaştiruvçi vosita böluvçi forumga aylanişi mumkin. Eron tomonidan taklif etilgan rejaning parametrlari juda oddiy, lekin samarali. Manfaatlar ziddiyatiga nisbatan nopisandlik örniga, biz farqli fikrlar va ixtiloflarni qabul qilamiz. Helsinki jarayoni singari bölajak Fors körfazi xavfsizligi rejasi işonçni mustahkamlaş borasida turli çoralar prinsipiga asoslanişi kerak. Özaro harbiy taşriflardan tortib, harbiy öquv-maşqlarini ötkazişga qadar, qurollaniş sohasida transparentlik çorasi va qurol-yaroğ sotib olişdan harbiy xarajatlarni qisqartirişgaça. Umid qilamanki, bularning barçasi alal-oqibatda yaqin kelajakda özaro hujum qilmaslik haqidagi mintaqaviy pakt imzolanişiga olib keladi», — degan Eron TIV rahbari Javod Zarif.

Isroilning Eron manziliga tanqidini Zarif rad etdi va Netanyahuning çiqişini, ayniqsa özi bilan dronning bir bölagini olib kelganini «sirk» deb atadi. Eron TIV rahbarining fikriça, bu manzara heç qanday izohga muhtoj emas. 

Eron va xalqaro vositaçilar «oltiligi»ning yadroviy bitim kelajagi haqida gapirar ekan, Zarif Tehron undan çiquvçi birinçi mamlakat bölmasligini ta'kidladi.

«Men sizlarni işontiramanki, Umumqamrovli rejalar dasturi bitimi doirasida Eronning manfaatlari ta'minlanmasa, Eron javob beradi. Javob ham şu qadar jiddiy böladiki, ayrimlar bundan afsus qilişadi», — dedi Zarif.

AQŞ prezidenti Donald Tramp 12 yanvar kuni Eron bilan «yadroviy bitim» doirasida sanksiyalarni yeçiş rejimini uzaytiriş haqida qaror qabul qildi. Bundan taşqari, Oq uy rahbari Eronni «terrorizmning boş homiysi» deb atadi va Eron tomonidan ballistik raketalarning sinovdan ötkazilganiga qarşi qat'iy sanksiyalarni qonun yöli bilan mustahkamlab qöyiş niyati borligini aytib ötdi.