Bugun hukumatning axborot texnologiyalari va innovatsiya sohasiga oid muhim özgarişlar bölişi kutilmoqda. Bu haqda KUN.UZ manbasi xabar berdi.

Foto: Xalqaro press klub
Bir yildan buyon Özbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi rahbari vazifasini bajaruvçi bölib işlab kelayotgan Şerzod Hotamoviç Şermatov örniga Özbekiston Respublikasi Investitsiyalar böyiça davlat qömitasi raisi Azim Isroiloviç Ahmedxöjayev tayinlanişi kutilmoqda.

Foto: Xalqaro press klub
KUN.UZ manbasining xabariga köra, Ş.Şermatov Özbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlaniş vaziri vazifasiga tayinlanişi mumkin.
Eslatib ötamiz, ayni paytda innovatsion rivojlaniş vazirligida Ibrohim Yölçiyeviç Abdurahmonov rahbarlik qilmoqda.
KUN.UZ tahririyati uşbu xabarlar yuzasida har ikkala vazirlik bilan boğlanganida, ular bu ma'lumotni inkor ham etişmadi, tasdiqlay olişlarini ham bildirişmadi. Şunday özgarişlar bölişi ehtimoldan xoli emas, kutilmoqda deyişdi.










