Vaşington (Kolumbiya okrugi) Ilon Maskning The Boring Company'siga National Mall savdo markazi yonida avtoturargoh tomonidan band qilingan uçastkada tayyorgarlik işlarini olib borişga ruxsat berdi. 

Kompaniya vakillarining sözlariga köra, bu yerda tezkor Hyperloop poyezdlari stansiyasi paydo bölişi mumkin. Washington Post'da xabar qilingan ruxsatnoma Hyperloop yer osti tunnellarini yölga qöyiş imkoniyatlarini örganayotgan şahar transport departamenti rejasining bir qismidir.

"Nyu-York avenyudagi uçastka transport tarmoği stansiyasi bölişi mumkin", deya ma'lum qiladi kompaniya vakili. Ötgan yili The Boring Company taşqi körinişi özgartirilgan Hyperloop varianti -  avtomobillarning magnit levitatsiyali çanalarda harakatlanişini namoyiş qilgan edi. 

2017 yilning oxirida ştat gubernatori Merilend Larri Xogan kompaniya bilan "Baltimor va Vaşington örtasida tezkor elektr transport" liniyasi qurilişi böyiça hamkorlik qilayotganini tasdiqlagandi.