19 fevralda Mozambik poytaxti Maputuda kuçli yomğirlar sababli çiqindilar tepaligi odamlarni bosib qoldi. Oqibatda çiqindilar ostida qolib ketgan 17 kişi halok böldi. Şuningdek, bir neçta uy vayron bölgan, minglab odamlar öz uylarini tark etganlar. 

Hukumat qurbonlar köproq bölişi mumkinligini taxmin qilmoqda, qidiruv işlari olib borilmoqda. Mahalliy OAV voqea yuz bergan joydagi çiqindilar tepaligining balandligi 3 qavatli binodek kelganini ma'lum qilgan.

“Çiqindilar uyumlari uylarni bosib qolgan, köpçilik oilalar bu vaqtda uylari içida bölganlar”, deb ma'lum qilgan mamlakatning favqulodda vaziyatlar vaziri Fatima Belşuir.

Uşbu çiqindixona Maputudagi eng katta obekt hisoblanib, odamlar bu yerda çiqindilarni titib, yegulik va sotiş uçun narsalar qidirganlar.

Ta'kidlanişiça, tibbiy xodimlar ançadan beri çiqindixonadan çiqadigan buğlar, paşşalar va boşqa xavflardan xavotir bildirib kelişgan.