Toşkent viloyatining Yangiyöl tumani Iftixor mahallasida yaşovçi bir guruh aholi Kun.uz’ga murojaat qilib, hududdagi çiqindi poligonida yonğin çiqqanini va qariyb bir oydan buyon atrofni tutun qoplayotganini ma’lum qilgandi.
Toşkent viloyati Ekologiya boşqarmasi uşbu holatga rasmiy munosabat bildirdi. Boşqarmaga köra, çiqindixonada yonğin çiqqani haqidagi xabar öz tasdiğini topmagan.
“Holat Toşkent viloyati Ekologiya boşqarmasi Yangiyöl tumani bölimi tomonidan 31 avgust kuni joyiga çiqib örganildi.
Örganiş davomida Yangiyöl tumani Iftixor mahallasi hududida joylaşgan çiqindi poligonida heç qanday yonğin holati sodir bölmagani va atrofga heç qanday tutun ham tarqalmayotgani aniqlandi. Uşbu çiqindi poligonida aholiga aziyat keltirib çiqaruvçi holat sodir bölmasligi uçun kerakli işlar muntazam olib borilmoqda”, deyiladi munosabatda.
Boşqarma OAV hamda blogerlarga bu kabi ma’lumotlarga oydinlik kiritişda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi vazirligi yoki uning hududiy boşqarmalariga murojaat qilişlari mumkinligini qöşimça qilgan.

















