Rossiya va Turkiya prezidentlari Vladimir Putin va Rajab Toyyib Erdöğan örtasida aprel boşida uçraşuv ötkazilişi rejalaştirilmoqda. Bu haqda Turkiya boş vaziri örinbosari Bakir Bözdag ma'lum qildi.         

“Turkiya, Rossiya va Eron örtasida Suriyadagi vaziyatni tartibga soliş böyiça muzokaralar davom etmoqda. 14 mart kuni Moskvada davlatlarimiz taşqi işlar vazirlari iştirokida uçraşuv bölib ötadi. 16 mart kuni Ostonada Eron iştirokida uç tomonlama uçraşuv bölib ötadi”, deb aytgan Bözdag jurnalistlarga.     

Uning aytişiça, Putin va Erdöğan örtasidagi uçraşuvni aprel boşida Turkiyada ötkaziş rejalaştirilmoqda, biroq hozirça aniq sana belgilanmagan. Şundan keyin Suriya böyiça Rossiya-Turkiya-Eron sammiti bölib ötadi.