Ayrim mutaxassislarning fikriça: ayol bolani parvarişlaş ta'tili paytida yoxud u tugagandan keyin köp ötmay (1 yil davomida) yana homilador bölgan bölsa, homiladorlik va tuğiş böyiça töliq nafaqa olişga haqli emas. Norma.uz buning qançalik haqiqatga mosligini tekşirişga urindi.
 
Avvaliga Prezidentning 27.12.2016 yildagi PQ–2699-son qarori 23-bandi bilan tanişib çiqamiz. U yerda işga yangi kirayotgan yoki 12 oydan köproq tanaffusdan söng mehnat faoliyatini qaytadan boşlovçilar uçun homiladorlik va tuğiş böyiça nafaqalar işga qabul qilingan kundan boşlab amalda işlangan vaqtiga qarab tabaqalaştirilgan miqdorda tayinlangan:

• 6 oygaça – örtaça oylik iş haqining 50%i miqdorida;
• 6 oydan 12 oygaça – örtaça oylik iş haqining 75%i miqdorida;
• 12 oydan köproq vaqt – örtaça oylik iş haqining 100%i miqdorida.

«Kamroq tölaş» pozitsiyasi tarafdorlari quyidagi dalilni rökaç qiladilar: ayol bolani parvarişlaş ta'tilida bölgan (muddati 3 yil,şundan 2 yiliga haq tölanadi). Binobarin, u göyo mehnat faoliyatini 12 oydan ortiq muddatga töxtatib qöygan, bolani parvarişlaş ta'tilidan çiqiş esa mehnat faoliyatini tiklaş hisoblanadi. Şu sababli u töliq iş yili işlamaganda unga keyingi bolasining homiladorlik va tuğiş nafaqasi töliq miqdorda tölanmaydi.

Nima sababdan bu notöğriligi izohi keltiriladi.

Birinçidan, ayol bolasi 3 yoşga tölgunga qadar uni parvarişlaş çoğida ijtimoiy ta'tillardan birida böladi (MKning 234-moddasi). Har qanday ta'til faqat iş beruvçi bilan mehnat munosabatlarida bölgan kişiga beriladi. Bunda bolani parvarişlaş ta'tilida bölgan davr umumiy iş stajiga qöşiladi.  
 
Bundan taşqari, MKning 64-moddasi hamda Mehnat organlarida fuqarolarni röyxatga oliş, ularni işga joylaştiriş, işsizlik nafaqasini tayinlaş va tölaş tartibi töğrisidagi nizomga (13.10.1999 yilda 831-son bilan röyxatdan ötkazilgan) muvofiq, uzoq, 12 oydan ortiq tanaffusdan keyin mehnat faoliyatini qayta boşlayotgan şaxslar – işsiz şaxslar toifalaridan biri.

Ikkinçidan, homiladorlik va tuğiş nafaqasi miqdorlari ayol işga qabul qilingan kundan boşlab ötgan muddatga boğliq. Ya'ni mehnat şartnomasi tuzilgan va işga qabul qiliş töğrisida buyruq çiqarilgan kundan boşlab (MKning 82-moddasi).

Homiladorlik böyiça nafaqaning 100 foiz miqdorini oliş huquqini beruvçi iş stajini hisoblaş sanasi Prezidentning 27.12.2016 yildagi PQ–2699-son qarorida aniq körsatilgan (4 baravar).

Şu tariqa, quyidagi xulosaga keliş mumkin. Bolani parvarişlaş ta'tilidan çiqiş va mehnat faoliyatini tiklaş – boşqa-boşqa narsa. Ularni çalkaştirmaslik lozim. Işga qabul qiliş töğrisida buyruq çiqarilgan paytdan boşlab 12 oydan köp vaqt ötgan bölsa, ayol tegişli homiladorlik va tuğiş nafaqasi miqdorining 100%ini oliş huquqiga ega.