AQŞ prezidenti Donald Tramp tvitterdagi sahifasida teleboşlovçi Opra Uinfrining «60 daqiqa» teleşousidagi iştirokiga izoh berdi. Uning davomida Uinfri Trampning boşqaruvi haqida salbiy fikr bildirgan.

«Hozirgina qaçonlardir men juda yaxşi bilgan, öziga işonçi qolmagan Opra Uinfri «60 daqiqa» körsatuvida bir neça kişidan intervyu olganini kördim. Savollar noobektiv va haqiqatdan yiroq böldi, dalillar esa – notöğri. Umid qilamanki, Opra AQŞ prezidentligi uçun saylovlarda iştirok etadi, u xuddi barça kabi mağlub bölişi kerak!», - deya yozgan Tramp.

Eslatib ötamiz, avvalroq teleboşlovçi Opra Uinfri 2020 yilgi AQŞ prezidentligi saylovida iştirok etişga qiziqiş bildirgani töğrisidagi xabar tarqaganidan söng, amaldagi prezident Donald Tramp bunday munosabatga baho bergandi. Donald Tramp «Oq uy uçun saylovda Oprani ham yutişini» bildirgan.