“Formula-1” poygalarining Alfa Romeo Sauber jamoasi 2018 yilgi mavsum uçun öz bolidini taqdim qildi. Poyga maşinasi oq-qizil ranglarda bölib, orqa qismida jamoaning titul homiysi – Alfa Romeo avtomobilsozlik kompaniyasining logotipi tuşirilgan. “Alfa” çempionatga 30 yillik tanaffusdan keyin qaytdi.
Jamoa 2017 yilgi mavsumda 2016 yilgi modifikatsiyadagi motorlardan foydalangan. Endilikda jamoa bolidi Ferrari’ning yangi dvigateli bilan jihozlanadi. Maşinada poygaçining boşini himoyalovçi tizim Halo paydo böldi.

Yangi mavsumda jamoa uçun Markus Eriksson va “Formula-2” çempioni Şarl Lekler iştirok etadi.

Ötgan yil Sauber jamoasi muhandislar kubogida bor-yöği 5 ball töplab, oxirgi – 10-örinni egallagandi.
“Formula-1”ning yangi mavsumi 22 mart kuni Avstraliyada boşlanadi.











