Farğona viloyati, Beşariq tumanidan: “Bizni hududga ham bir kelib ketinglar. Zora töplangan muammolarimiz yeçim topsa...” deya qilingan iltimosnoma bizni befarq qoldirmadi.

Darhaqiqat, 215 ming nafardan ziyod  aholi istiqomat qiladigan tumanda amalga oşirilişi lozim bölsada paysalga solinayotgan işlar bir talay ekan.

Beşariqqa borgaç, şuni angladikki, muammolarning barini bir maqolaga joylaşning imkoni yöq. Şuning uçun aholi uçun eng dolzarb bölgan beş muammoga töxtalişga qaror qildik.

Beşariq bozori qaydadur...

Qadimdan: “Yurt farovonligini bilmoqçi bölsang, uning bozoriga bor” deyişgan.

2012 yili Beşariq hokimligi hukumatimizning tegişli qarorlariga “labbay” deya javob berib, tuman markaziga aholini turmuşida kerak bölgan barça turdagi mahsulotlar bilan savdo qiluvçi bozorlarni bir joyga köçirişga bel boğlaydi.

Fuqarolar kelib-ketişiga qulay bölgan hudud  - Döstlik köçasidan joy tanlanib, kiyim-boş, xöjalik mollari, yoğoç va boşqa quriliş mahsulotlari bilan savdo qiluvçi, zamonaviy körinişdagi bozorlar quriladi.

Bu vaqtgaça aholi barça turdagi oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlarini Yo.Abdullayev va I.Buxoriy köçasi kesişmasida joylaşgan “Dehqon bozori”dan savdo qilib olar edi.

2014 yili Döstlik köçasida “Turon sanoat-savdo kompleksi” AJ ixtiyoridagi 210ta turğun savdo şoxobçasi, 50ta mavsumiy savdo rastalariga ega, ustav fondi 6 milliard söm bölgan bozor 2,5 gektar joyda qad rostlaydi. “Yangi bozor”ga bir guruh tadbirkorlar yaxşi niyatda faoliyat yuritiş uçun köçib ötadi. Buyum bozori yonida quriliş mollari bilan savdo qiluvçi “Beşariq quriliş savdo” jamiyatiga qaraşli bozor ham işga tuşadi.

Mazkur savdo majmualarida tegişli hujjatlar asosida iş yuritadigan, mahalliy byudjyetga vaqtida barça tölovlarni amalga oşiradigan tadbirkorlar faoliyatini boşlaydi.

Biroq, tuman hokimligi va Davlat soliq inspeksiyasi “Dehqon bozori”dan “Yangi bozor”ga tadbirkorlarni jalb qilişga juda ham boş qotiravermaydi. Aholi eski joyga örganganligi uçun “Dehqon bozori”ga boraveradi. Barça soliqlar tölab, me'yoriy hujjatlar asosida “Turon sanoat-savdo” bozorida iş olib borayotgan tadbirkorlarning borgan sari fiğoni falakka çiqaveradi. Murojaatlar besamar, arizalar ijrosiz qoladi.