Lexus kompaniyasi Jyenevada ötadigan motorşouda özining yangi krossoveri — UX’ni namoyiş etadi. Bugungi kunda yangi modelning faqat dastlabki tizerlari e'lon qilingan, u Mercedes-Benz GLA, Audi Q3 va BMW X1 ga raqobat qilişi kerak böladi. Uşbu avtomobil haqida batafsil ma'lumot hozirça yöq, deb yozadi Motor.ru.

Krossover şu nomdagi ikki yil muqaddam Parij avtosalonida debyut qilgan prototip uslubiyatida quriladi. Markaning Fransiyada joylaşgan Yevropa dizayn-markazida yaratilgan kontsept qoraytiriş mumkin bölgan elektroxrom oynalar va «kinetik kursilar» deb ataluvçi örindiqlar bilan jihozlangan. Ularning suyançiği tuzilmasi töliq sun'iy örgimçak ipagi asosidagi eko-materiallardan yasalgan.

Foto: Motor.ru
Foto: Motor.ru
Foto: Motor.ru
Foto: Motor.ru

Ilgariroq, UX modeli modellar gammasida CT 200h giyurid hetçbeki örnini egallaşi va NX yöltanlamasidan bir poğona pastroqda joylaşişini taxmin qilingandi.

UX krossoveridan taşqari, «Leksus» Jyenevaga yetti örindiqli RX L va yanvar oyi boşida Detroytdagi avtosalonda debyut qilgan LF-1 Limitless kontsept-karini ham olib keladi.