Kurdlarning özini özi mudofaa qiliş kuçlari rasmiy vakili Reyzan Heduning ma'lum qilişiça, Suriya milliy kuçlari Afrin viloyatiga kirgan. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.
«Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan Afringa qarab yöl olgan suriyalik kuçlar harakatini töxtatgani haqida bugun ma'lum qilib, yomon yöl politsiyaçi ekanini körsatib qöydi. Bu sözlar notöğri – kuçlar allaqaçon Afrinda», - deya aytib ötdi Hedu.
Uning ta'kidlaşiça, kurdlar Damaşq, Suriya armiyasi va Afrin ma'muriyati bilan doimiy aloqada bölib turibdi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Suriya Turkiya tajovuzkorligiga istalgan usul bilan qarşilik körsatilişi haqida ma'lum qilgandi.












