Samolyot hamon butun jahonda eng işonçli transport vositasiligiça qolmoqda. Albatta, har bir aviahalokat çinakam fojiaga aylanadi — allaqanday daqiqalar içida yuzlab insonlarning birvarakayiga nobud bölişi çindan ham dahşatli. Sönggi vaqtlarda aviahalokatlar köp ham kuzatilmaydigan hodisalarga aylangan. Masalan, 2017 yilda yölovçi samolyotlar bilan butun jahonda aytarli halokat sodir bölmadi. Biroq samolyotlar tobora kattalaşa borayotgan ekan, unda halok böladigan insonlar soni ham orta boradi. Dnpmag.com tarixdagi eng xavfli samolyotlar yettiligini tuzib çiqdi — parvoz oldidan şunaqasiga mingan-minmaganingizni bir tekşirib körsangiz yomon bölmasdi...

McDonnell-Douglas MD-11

Dunyodagi eng xavfli samolyotlar içida eng xavfsizi şu bölsa kerak — 3.688.800 parvoz soatiga atigi 1ta aviahalokat töğri kelmoqda. MD-11 samolyotlarini işlab çiqariş 2001 yilda töxtatilgan, samolyot şunçaki samarasiz, deb topilgan. Lekin juda köp yirik aviakompaniyalar — ularning orasida Finnair va KLM kabilari ham bor — undan hamon foydalanişmoqda.
 

Boeing 727

Yirik aviakompaniyalarning aksariyat qismi allaqaçon Boeing 727’dan voz keçib bölişgan. Amerikada bunday samolyotni uçratmaysiz, lekin undan taşqarida 727 lar ba'zan uçrab turadi. Bu model sönggi marta 2003 yilda Afrikaning Beninida halokatga uçragan — barça yölovçilar qurbon bölgan. Örtaça 2.306.300 parvoz soatiga 1ta aviahalokat töğri keladi.

 

McDonnell-Douglas DC-9

Bu samolyotni negadir Amerikaning köplab mayda aviakompaniyalari yoqtirişadi. Delta Airlines kabi yiriklari ham bu «qariya»dan foydalanib turişibdi, vaholanki u 1982 yildan buyon işlab çiqarilmayapti. Statistikasi ham u qadar yomon emas (röyxatdagilar bilan soliştirilganda, albatta): 1.068.700 parvoz soatiga 1 aviahalokat.