20 fevral kuni Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligida Turkiya Respublikasining favqulodda va muxtor elçisi Ahmed Başar Şen bilan uçraşuv bölib ötdi. Taşqi işlar vazirligi matbuot xizmati şu haqida xabar berdi. 

Suhbat davomida ikki tomon munosabatlarning amaliy jihatlari, xususan, turli darajalarda bölajak Özbekiston-Turkiya uçraşuvlari jadvali böyiça takliflar hamda Birlaşgan millatlar taşkiloti (BMT), Islom hamkorlik taşkiloti (IHT), boşqa köp tomonlama tuzilmalar doirasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.