2017 yil yakunlariga köra, Özbekiston va Ozarboyjon örtasidagi tovar aylanmasi 31,2 million dollarni taşkil etadi. KUN.UZ muxbiri Özbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining Xalqaro Press-klub bilan hamkorlikda ötkazgan matbuot anjumanida taqdim etilgan ma'lumotlarga asoslanib, şu haqida xabar berdi.
"Tovar ayirboşlaş körsatkiçi 32 million dollarga yaqin bölsa, bundan taxminan 26 millioni - Özbekiston eksporti, qolgani Ozarboyjon eksportiga töğri keladi. Özbekiston asosan metallni qayta işlaş, savdo-sotiq, maşinasozlik sohalari böyiça eksportni amalga oşiradi. Ozarboyjon esa oziq-ovqat va zargarlik mahsulotlarini eksport qiladi", - deydi Özbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Adham Ikramov.

Uning sözlariga köra, prezidentlar Şavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev tomonlaridan hukumatlararo komissiya tuzilgan bölib, işçi guruhlar şu yönalişdagi işlarini boşlab yuborişgan.
"Özbekistonda 84 ta Ozarboyjon korxonasi faoliyat yuritmoqda, lekin tasavvur qiling, bu korxonalarning 32 million dollarga heç qanday aloqasi yöq. Ulardan 71 tasi qöşma korxona, 11 tasi 100 foiz Ozarboyjon kapitali asosiga qurilgan. Xuddi şunday raqamlarni Ozarboyjon ham berişi mumkin. Şu asosda biz eksport salohiyatini kuçaytirişimiz mumkin.
Masalan, qişloq xöjalik va maşinasozlik Özbekistonda rivojlangan, Ozarboyjon esa uni Yevropa mamlakatlaridan 2-3 baravar qimmatga olmoqda. Şu sababli bu yil öndan ortiq ikki tomonlama uçraşuvlar bölib ötdi. Zero yuqoridagi tahlil ikki tomonni ham qoniqtirmaydi", dedi Ikramov.













