Vazirlar Mahkamasining 15.02.2018 yildagi 117-son «Mahalla institutining yanada samarali faoliyat yuritişini ta'minlaş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarori qabul qilindi.
 
Norma.uz’ning yozişiça, hujjat maqsadi – davlat va jamoat taşkilotlari tomonidan fuqarolar yiğinlaridagi jamoatçilik tuzilmalariga uslubiy-amaliy kömaklaşiş, özaro boğliq bölgan vazifalar ijrosini tölaqonli ta'minlaş tizimini şakllantiriş hamda özaro hamkorlikni yanada rivojlantirişdir.  
 
Xususan, Fuqarolarning özini özi boşqariş faoliyatini muvofiqlaştiriş böyiça respublika kengaşining taklifiga köra, vazirliklar, idoralar va nodavlat taşkilotlar fuqarolar yiğinlaridagi jamoatçilik tuzilmalariga biriktirildi. 

Hujjatga ilovada fuqarolarning özini özi boşqariş organlari xodimlari va ularga biriktirilgan tuzilmalar bilan özaro hamkorlik yönalişlari tasdiqlandi. 
 
Davlat va nodavlat notijorat taşkilotlari tomonidan fuqarolar yiğinlaridagi jamoatçilik tuzilmalariga uslubiy-amaliy kömaklaşişning asosiy yönalişlari belgilandi, ular qatoridan quyidagilar ham örin olgan:

• jamoatçilik tuzilmalari işini samarali taşkil etiş, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar sohasida ularning taşabbuskorligini oşirişda davlat va nodavlat notijorat taşkilotlari vakillarini jalb etiş;
• mahallalarda davlat va nodavlat notijorat taşkilotlari vazifalarining ijrosini ta'minlaş, işlab çiqiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari yuzasidan takliflarni bevosita joylardan olişda jamoatçilik tuzilmalari faoliyatini kengaytiriş;
• davlat va nodavlat notijorat taşkilotlari faoliyati yuzasidan jamoatçilik nazoratini amalga oşirişda jamoatçilik tuzilmalari rolini oşiriş;
• mahallalarda yuzaga kelayotgan turli muammolarni aniqlaş, ularning yuzaga keliş sabablarini tahlil qiliş va bartaraf etişda jamoatçilik tuzilmalari imkoniyatlarini samarali röyobga çiqariş.
 
Fuqarolarning özini özi boşqariş faoliyatini muvofiqlaştiriş böyiça respublika kengaşiga biriktirilgan davlat va nodavlat notijorat taşkilotlari bilan birgalikda har yili quyidagilarni amalga oşiriş tavsiya etildi: