Moskva Şarqiy Yevropaning investorlar nuqtai nazaridan eng jozibador şahriga aylandi. Rossiya poytaxti butun Yevropada jozibadorlik böyiça oltinçi böldi. Birinçi örinni London qölga kiritdi. Financial Times FDi Intelligence kompaniyasi reytingni tuzişda şaharlarni yaqin ikki yil içidagi rivojlaniş istiqbollarini hisobga olgan holda baholadi.

Butun Yevropa böylab «kelajak şaharlari» röyxatida London bir neça yildan beri yetakçilik qilmoqda. Şuningdek, Dublin, Parij, Amsterdam va Myunxen kuçli beşlikdan joy oldi. Şarqiy Yevropaning sarmoya kiritiş jihatidan eng jozibador top-5 şahri orasida, Moskvadan taşqari, Varşava, Buxarest, Praga hamda Bratislava bor.

Kompaniya reytingni tuzişda şaharlarni 100 dan ortiq mezon böyiça baholadi – şaharlar yalpi içki mahsuloti, hayot davomiyligi, oliy ma'lumotga ega fuqarolar soni, yöl va temir yöl infratuzilmasi rivoji, ofis binolari ijarasi, internet va boşqa köplab körsatkiçlar.