Janubiy Koreyaning Pyongçang şahrida davom etayotgan Qişki olimpida öyinlarining eng ommaviy sport turi sanalgan biatlon böyiça ayollar örtasida estafeta bahslari bölib ötdi.

6 km masofadan tört nafar sportçi iştirok etgan poygada olimpiadalar tarixida kuzatilmagan natija qayd etildi. Belarus terma jamoasi öz tarixida ilk marta jamoaviy poygada oltin medallarni qölga kiritdi. Nadejda Skardino, Irina Krivko, Dinara Alimbekova va Darya Domraçyovadan iborat tarkib barça raqiblarini ortda qoldirib boş sovrinni qölga kiritdi.

Ikkinçi bölib marraga Şvetsiya terma jamoasi qizlari yetib kelgan bölsa, Fransiya bronza medallarini qölga kiritdi. Musobaqaning mutlaq favoriti sanalgan Germaniya terma jamoasi esa uçta jarima aylanasi hisobiga bor-yöği 8-örinni egalladi.

Bu ğalaba Darya Domraçyovaning olimpiadalardagi 4-oltin medali böldi va bu natija orqali «Belarus qahramoni» ayollar örtasida olimpiadada törtta oltin medalni qölga kiritgan ilk sportçiga aylandi.

Foto: AP