
Muborak Ramazon oyiga ham oz fursatlar qoldi. Ammo uning aniq sanasi hali e'lon qilinmadi. Ammo internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali uning sanasi va bu bilan boğliq yolğon ma'lumotlar uçrayapti. Şu munosabat bilan Islom.uz saytida e'lon qilingan maqolada bu haqda atrofliça töxtalib ötilgan.
Avvalo, şuni eslatib ötiş lozim, Ramazon oyi yaqinlaşgaç, quyidagi matndan iborat “eslatma” internet foydalanuvçilari orasida keng tarqaladi. Matn ma'nosi quyidagiça:
Azizlar, Ramazon 2018-yilning 17-mayida
boşlanar ekan IN ŞA ALLOX…
Payğambarimiz sallalohu alayhi va sallam aytganlar:
“Agar ummatimga kim birinçi bölib ramazon oyini qaysi
kuni kirişini eslatsa, jaxannam ötlari ul insonga xaromdur”
“Bu kabi xabar har yili Ramazon boşlanişiga bir neça oy qolganda tarqala boşlaydi. Avvalo, bu xabarning ğirt savodsizlarça, hadisi şariflarga hurmatsizlarça yozilganiyoq odamni şubhaga soladi. Ahli ilmlar bunday xom-xatala matn yozmaydilar. Şuningdek, hadisi şariflardan iqtibos keltirganda ularni Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan eşitib, qolganlarga yetkazgan sahobaning ismi hamda bu hadisni rivoyat qilgan muhaddis imomlarimizdan birining ismi şariflari hamda bu hadisning qaysi kitobda keltirilgani körsatilişi kerak.
Qolaversa, bu gap mutlaqo hadis emas, balki uydirma, yolğon gap bölib, naq bid'atning özginasidir. Heç qaysi mö'tabar asarlarda, sahih hadis töplamlarida bunday hadis yöq va bölişi ham mumkin emas”, deyiladi maqolada.
Ammo nima uçun bunday bema'ni narsa internetda tarqalib ketyapti? Bir tomondan, buning sababi ba'zi kimsalarning ötaketgan ilmsizligi, johilligi, noinsofligi va qaysarligi bölsa, ikkinçi tomondan ba'zi kanal va sahifalarning dindan piar va reklama uçun munofiqlarça foydalanişidir.
Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda şunday deyilgan:
«Meni sizlarga köp hadis aytişdan faqatgina Nabiy sollallohu alayhi vasallamning «Kim menga nisbatan qasddan yolğon töqisa, dözaxdan joyini olaversin», deganlari tösadi».









