2018 yil 22 fevral kuni Özbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan Hindiston işbilarmon doira vakillari hamda mahalliy tadbirkorlar iştirokidagi Özbekiston-Hindiston biznes-forumi ötkazildi. Bu haqda ÖzSSP axborot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etiş lozim, uşbu tadbir işbilarmonlik hamkorligini rivojlantiriş, şuningdek qöşma loyihalarni amalga oşiriş maqsadida çet el investitsiyalarini jalb qiliş uçun qöşimça rağbat sifatida xizmat qiladi.

Tadbirni taşkil etişdan közlangan asosiy maqsad ikki davlat tadbirkorlari örtasida savdo aloqalari yölga qöyilişi va kengayişini qöllab-quvvatlaş, yangi qöşma korxonalar sonini hamda ikki tomonlama mahsulot aylanmasini oşirişdan iborat.

Işbilarmonlik uçraşuvi çoğida ikki davlat tadbirkorlari örtasidagi özaro hamkorlikni mustahkamlaş böyiça masalalar muhokama qilindi.

2017 yil yakunlari böyiça tovar aylanmasi – $323,6 mln dollarini taşkil etgan bölsa, jumladan, eksport – $32,5 mln dollarini, import esa – $291,1mln dollarini taşkil etdi.

Eksportning asosiy pozitsiyalari: qişloq xöjaligi, transport va turistik xizmatlar, ösimlik şarbatlari va ekstrakti, teri xomaşyosi.

Importning asosiy pozitsiyalari: farmatsevtika mahsulotlari, mexanika va elektr uskunalari, avtomobil ehtiyot qismlari, transport va turistik xizmatlar, kimyo mahsulotlari va boşqalar.

Özbekiston Respublikasida Hindiston Respublikasi sarmoyasi iştirokidagi 101 ta korxona faoliyat yuritib, ulardan 15 tasi Hindistoning 100 % kapitaliga ega.

Özbekiston Respublikasi Taşqi savdo vazirligida 16 Hindiston kompaniyasining vakolatxonasi akkreditatsiyadan ötgan.

Özbekiston delegatsiya vakillarining Hindistonga qilgan safari davomida taşkil qilingan biznes forum doirasida $70 mln dollarga teng 20 investitsion loyihalar hamda $80 mln dollarga teng 22 kontrakt şartnomalari imzolangan.