Bir neça yildan söng “katta uruş” yuz beradi, u nafaqat Ukraina va Rossiya, balki Yevropaning boşqa davlatlarini öz domiga tortib oladi. Bu haqda Ukraina Oliy radasi deputati Nadejda Savçenko ZIK telekanali efirida ma'lum qildi.

Parlamentariyning fikriga köra, tinçlikparvarlik missiyasi Donbassdagi qurolli mojaroga yeçim topa olmaydi.

"Mening fikrimça, bu yerda ikkita yöl bor: tört – maksimum beş yildan söng bizni katta uruş kutib turibdi, u yerda nafaqat Ukraina, balki Rossiya hamda Yevropa çegaralari bölinadi. Afsuski, Ukraina poligonga aylanadi", - deya taxmin qilgan Savçenko.

Siyosatçining fikriga köra, voqealar rivojining boşqa varianti “Ukraina, Rossiyada hokimiyatning özgarişi va boşqa kutilmagan yöllar”dir.