Janubiy Koreyaning Pyongçang şahrida davom etayotgan Qişki olimpiada öyinlarida 22 fevral tarixiy kun sifatida qoladigan böldi. 10ta medallar jamlanmasi öynalgan musobaqada bir qator katta sensatsiyalar qayd etildi.
Biatlon böyiça ilk marta Belarus terma jamoasi estafeta boş sovrinini qölga kiritgan, bölsa Vengriya terma jamoasi olimpiadadagi ilk medalini qölga kiritdi. Kiritganda ham jamoa şort-trek estafetasida birinçi örinni qölga kiritib, oltin medallar bilan taqdirlandi.
Janubiy Koreya gegemonligida ötib kelgan şort-trek 500 metrga sprintda Xitoy vakili oltin medalni qölga kiritib, yana bir sensatsiyaga sabab böldi.
Şuningdek hokkey böyiça ayollar örtasidagi finalda AQŞ Kanadani mağlub etib, boş sovringa ega çiqdi. Çanği ikki kuraşida Germaniyaga, şort-trek 1000 metr masofaga Niderlandiya vakiliga teng keladigan sportçi topilmadi.
Olimpiada-2018
Pyongçang, Janubiy Koreya
22 fevral kuni öynalgan barça medallar
Snoubord
Big-eyr
Ayollar
1. Anna Gasser (Avstriya)
2. Jyeymi Anderson (AQŞ)
3. Zoui Sadovski Sinnott (Yangi Zelandiya)
Fristayl
Haf-payp
Erkaklar
1. Devid Uayz (AQŞ)
2. Aleks Ferreyra (AQŞ)
3. Niko Porteus (Yangi Zelandiya)
Hokkey
Ayollar
1. AQŞ
2. Kanada
3. Finlyandiya
Toğ çanğisi
Slalom
Erkaklar
1. Andre Mirer (Şvetsiya)
2. Ramon Zenxauzern (Şveytsariya)
3. Mixael Matt (Avstriya)












