Janubiy Koreyaning Pyongçang şahrida davom etayotgan Qişki olimpiada öyinlarida navbatdagi kun bahslari bölib ötadi. Bugungi kun dasturidan törtta medallar komplekti va bitta bronza medali örin olgan.

Hozirgaça ikkita sport turida medallar öz egalarini topdi. Olimpiada boşlanganiga 2 hafta bölganida nihoyat Rossiyalik olimpiyaçi atletlar terma jamoasi ilk oltin medalni qölga kiritdi.

Figurali uçiş böyiça ayollar örtasidagi yakkalik bahslarda rossiyalik Alina Zagitova qisqa dasturda rekord ball (82,92) va erkin dasturda 156,65 ball, jami 239,57 ballni qölga kiritib, oltin medalni qölga kiritdi. Ikkinçi örin boşqa bir rossiyalik sportçi Yevgeniya Medvedevaga nasib etdi. Ikki karra jahon çempioni bölgan Medvedeva 15 yoşli raqibidan bor- yöği 1 ball kam jamğardi. Bronza medali kanadalik sportçi qizga nasib etdi.

Fristayl musobaqalarida esa Kanadaga teng keladigan jamoa topilmadi. Dastlabki ikki örinni aynan şu yurt vakillari egallaşdi.

Bugun yana ikkita sport turida ğoliblar aniqlanadi. Konkida yuguriş böyiça erkaklar 1000 metr masofada kuç sinaşsa, biatlon böyiça sönggi medallar erkaklar örtasida estafeta bahslarida öynaladi. Kyorlingda esa uçinçi örin uçun uçraşuv bölib ötadi.

Bugun medallardan taşqari hokkey böyiça yarim final uçraşuvlari ham bölib ötadi. Rossiya Çexiyaga qarşi saf tortsa, Kanada Germaniya terma jamoasi hokkeyçilarini sinovdan ötkazadi.

Olimpiada-2018

Pyongçang, Janubiy Koreya
23 fevral kuni öynaladigan barça medallar

Figurali uçiş
Ayollar

1. Alina Zagitova (Rossiyalik olimpiyaçi atletlar) – 239,57
2. Yevgeniya Medvedeva (Rossiyalik olimpiyaçi atletlar)
3. Keytlin Osmond (Kanada)

Fristayl
Ski-kross
Ayollar

1. Kelsi Serva (Kanada)
2. Brittani Fela (Kanada)