Rashidjon Qodirov hibsga olingani haqidagi xabarlar inkor qilindi

O‘zbekistonning sobiq Bosh prokurori Rashidjon Qodirov hibsga olinmagan. «Kun.uz» muxbiri bilan suhbatda bo‘lgan Bosh prokuratura Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi xodimi Qodirovga nisbatan jinoiy ish ochilgani haqida tarqalgan xabarlarni rasman inkor qildi.
Manba sobiq prokuror bilan bog‘liq hech qanday tergov jarayonlari ham ketmayotganini ta'kidladi.
Bundan avvalroq OAVda Rashidjon Qodirov 22 fevral kuni qo‘lga olingani, unga nisbatan yirik miqdorda davlat mulkini o‘zlashtirish va xorij banklari vositasida pul yuvish amaliyotlari o‘tkazish aybi qo‘yilayotgani hamda unga nisbatan hibsga olish ehtiyot chorasi qo‘llangani haqida xabarlar tarqalgandi.
Respublika Bosh prokurori lavozimida 2000 yil aprelidan faoliyat yuritib 15 yil ishlagan Rashidjon Qodirov 2015 yilning aprelida ishdan bo‘shatilgan edi. U 2015 yil mayidan Respublika Konstitutsion sudi a'zosiga aylangan, ammo 2017 yilning avgustidan sud a'zolari tarkibida uning nomi yo‘q bo‘lib qolgandi.
Tavsiya etamiz
«Arsenal» «Real»ni YeChLdan chiqarib yubordi. Arteta buni qanday uddaladi va «Madrid»ning muammosi nimada?
Sport | 12:20
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
YeOII Markaziy Osiyo integratsiyasiga monelik qiluvchi omil bo‘lishi mumkin - Farhod Tolipov
O‘zbekiston | 19:45 / 15.04.2025
Inflatsiyani o‘lchash: narxlar qanday kuzatiladi?
O‘zbekiston | 19:31 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Islomiy investitsiyalar potensiali – 4 trillion dollar. Unga ochilish uchun esa bizda ekotizim yo‘q - mutaxassislar
Iqtisodiyot | 15:20
-
Fuqarolarga soxta diplom olib bergan shaxs qo‘lga olindi
Jamiyat | 14:30
-
Daniya askarlarini Ukrainaga o‘qitish uchun jo‘natmoqchi
Jahon | 14:25
-
Istiqbolli loyihalar milliy agentligi Otabek Bakirov ustidan IIBBga shikoyat kiritdi
O‘zbekiston | 14:22
Mavzuga oid

00:12 / 05.01.2023
Manba: Sobiq bosh prokuror Rashid Qodirov shartli ravishda ozodlikka chiqarildi

19:10 / 09.01.2022
Mustafoyevdan Yo‘ldoshevgacha. O‘zbekistonning olti bosh prokurori haqida

16:56 / 06.05.2021
Qamoqdagi Rashid Qodirov tikuv sexida, Ixtiyor Abdullayev esa chinni sexida ishlayotgani ma’lum bo‘ldi

10:11 / 25.12.2020