Janubiy Koreyaning Pyongçang şahrida davom etayotgan Qişki olimpiada öyinlarida navbatdagi kun musobaqalari yakuniga yetdi.

Bugun bölib ötgan musobaqalarda jami 4ta medallar jamğarmasi öynaldi. Ayollar örtasidagi figurali uçişda Rossiyalik olimpiyaçi atletlar terma jamoasi dastlabki ikki örinni band etgan bölsa, Fristaylda Kanada xuddi şunday natija körsatdi.

Konkida yuguriş böyiça Niderlandiya terma jamoasiga teng keladigan raqib topilmadi. Biatlon böyiça erkaklar örtasidagi estafetada kutilmaganda Şvetsiya terma jamoasi boş sovrinni qölga kiritdi.

Yuqorid qayd etilgan ikki sport turida ham kumuş medallarni qölga kiritgan Norvegiya terma jamoasi jami bölib 37ta medalni qölga kiritişdi va qişki olimpiadalar tarixidagi rekordni takrorladi. Şu kungaça eng köp medal aynan 37tani taşkil etib, AQŞ terma jamoasi 2010 yilgi oq olimpiadada bu natijaga erişgandi. Sönggi ikki kunda çanği böyiça marafonda iştirok etadigan Norvegiya terma jamoasida bu rekordni butunlay yangilaş imkoniyati mavjud.

Olimpiada-2018
Pyongçang, Janubiy Koreya

23 fevral kuni öynalgan barça medallar

Figurali uçiş
Erkin dastur
Ayollar

1. Alina Zagitova (Rossiyalik olimpiyaçi atletlar)
2. Yevgeniya Medvedeva (Rossiyalik olimpiyaçi atletlar)
3. Keytlin Osmond (Kanada)

Fristayl
Ski-kross
Ayollar

1. Kelsi Serva (Kanada)
2. Brittani Fela (Kanada)
3. Fanni Smit (Şveytsariya)

Kyorling
Erkaklar
3-örin uçun uçraşuv
3. Şveytsariya

Konkida yuguriş
Erkaklar
1000 metr

1. Keld Nyuys (Niderlandiya)