Janubiy Koreyaning Pyongçang şahrida davom etayotgan Qişki olimpiada öyinlarining eng ommaviy sport turlaridan biri sanalgan hokkey böyiça yarim final uçraşuvlari ötkazildi.
Musobaqaning eng şov-şuvli natijasi şu turga kelib qayd etildi. Sönggi uçta olimpiada çempioni bölgan Kanada terma jamoasi bu bosqiçga kelib, kutilmaganda Germaniya terma jamoasiga imkoniyatni boy berib qöydi — 3:4. Milliy hokkey ligasi (NHL) vakillarisiz tuzilgan aralaş tarkibdagi Kanada endi faqatgina 3-örin uçun kuraşadigan böldi.
Ikkinçi yarim finalda Rossiyalik olimpiyaçi atletlar Çexiya terma jamoasini mağlubiyatga uçratib final yöllanmasini qölga kiritdi. Endilikda rossiyaliklar finalda Germaniya terma jamoasiga qarşi bahs olib boradi.
Eslatib ötamiz, şu kungaça bu ikki terma jamoa heç qaçon olimpiadalarda oltin medalni qölga kiritmagan. Rossiya 1998 yildan buyon ilk marta finalga çiqqan bölsa, Germaniya uçun bu mutlaqo birinçi final böladi.
Final uçraşuvi 25 fevral kuni bölib ötadi.
Olimpiada-2018
Hokkey. 1/2 final
Kanada – Germaniya – 3:4 (0:1, 1:3, 2:0)
Çexiya – Rossiyalik olimpiyaçi atletlar – 0:3 (0:0, 0:2, 0:1)












