Odamlarni ayni paytda qanday muammolar köproq qiynamoqda? Ular köproq qaysi taşkilotlar faoliyatidan norozi bölmoqda? Bozor munosabatlari şaroitida iste'molçilar haq-huquqlari qanday himoya qilinyapti? Özbekiston iste'molçilar huquqlarini himoya qiliş jamiyatlari federatsiyasi raisi Jahongir Sarimsoqov ÖzA muxbiri bilan suhbatda bunga aniqlik kiritdi.
– Tahlillar ötgan yildagi murojaatlar soni 2016 yildagidan 4219 taga köpayganini körsatmoqda. Ariza va şikoyatlarning 12976 tasi, ya'ni 91,9 foizi ijobiy hal etilişi natijasida iste'molçilarga yetkazilgan 4 milliard 397 million söm zarar qayta hisob-kitob qilib berildi.
Murojaatlar tahliliga e'tibor qaratadigan bölsak, ularning katta qismi tabiiy gaz ta'minoti (4389 ta, 31,1 foiz), savdo (3320 ta, 23,5 foiz) va elektr ta'minotiga (2201 ta, 15,6 foiz) taalluqli ekanini körsatmoqda.
Şuningdek, kommunal xizmat körsatiş (742 ta, 5,3 foiz), suv ta'minoti (506 ta, 3,6 foiz), transport (273 ta, 1,9 foiz), aloqa (317 ta, 2,2 foiz), soğliqni saqlaş (264 ta, 1,9 foiz) yönalişida ham murojaatlar köpligi kuzatiladi.











