Fransiyalik yarimhimoyaçi Samir Nasri antidoping qoidalarini buzgani uçun, UYeFA intizom qömitasi tomonidan bir yilga diskvalifikatsiya qilindi, deb xabar bermoqda Marca. 

Futbolçi 2016 yilda, Los-Anjyelesdagi DripDoctors klinikasida vitaminlar terapiyasi asosida davolangan. Bu esa doping izlarini yaşirişga yordam beradi.

Endi erkin agent maqomiga ega bölgan 30 yoşli futbolçi «Las-Palmas» klubi bilan şartnoma imzolaş huquqidan ham mahrum böldi.

Eslatib ötamiz, Samir Nasri faoliyati davomida «Marsel», «Arsenal», «Mançester Siti», «Sevilya» va «Antalyaspor» klublarida öynagan.