Janubiy Koreyaning Pyongçang şahrida bölib ötgan Qişki olimpiada öyinlari nihoyasiga yetdi. 16 kun davom etgan musobaqaning sönggi kunida törtta komplekt medallar öynaldi.
Kyorling böyiça ayollar örtasida Şvetsiya terma jamoasi boş sovrinni qölga kiritgan bölsa, Bobsley törtligida Germaniyaga teng keladigan raqib topilmadi. Hokkey böyiça Rossiyalik olimpiyaçi atletlar terma jamoasi Germaniyani yutib boş sovrinni qölga kiritgan bölsa, norvegiyalik Marit Byorgen çanği poygalarida ötkazilgan 30 km masofaga mass-startda ğalaba qozondi.
Marit bu orqali olimpiadalardagi özining 8-oltin medalini qölga kiritdi. Şu bilan birga 37 yoşli sportçi Norvegiya terma jamoasining yakunda umumjamoa hisobida birinçi örinni egallaşini ta'minladi. Skandinaviya yurti vakillari 14ta oltin, 14ta kumuş va 11 bronza medallari bilan jami 39ta medalni qölga kiritişdi va medallar soni böyiça ham olimpiada rekordini örnatişdi.
Olimpiada-2018
Pyongçang, Janubiy Koreya
25 fevral kuni öynalgan barça medallar
Kyorling
Ayollar
Final
1. Şvetsiya
2. Janubiy Koreya
3. Yaponiya
Bobsley
Erkaklar
Törtlik
1. Germaniya
2. Germaniya
2. Janubiy Koreya
Hokkey
Erkaklar
Final
1. Rossiya
2. Germaniya
3. Kanada
Çanği poygalari
Ayollar
Mass-start, 30 km
1. Marit Byorgen (Norvegiya)
2. Krista Parmakoski (Finlyandiya)
3. Stina Nilsson (Şvetsiya)












