Janubiy Koreyaning Pyongçang şahrida bölib ötayotgan Qişki olimpiada öz nihoyasiga yetib bormoqda. Bugun 25 fevral kuni sönggi musobaqalar ötkaziladi va kunning ikkinçi yarmida musobaqaning yopiliş marosimi bölib ötadi.
Bugungi kun dasturidan 4ta medallar jamğarmasi öynaladi. Hozirgaça ikkita sport turida ğoliblar nomi aniq bölib ulgurdi. Ayollar örtasida kyorling bahslarida Şvetsiya terma jamoasi finalda Janubiy Koreya terma jamoasini mağlubiyatga uçratgan bölsa, tört kişilik bobsleyda Germaniya terma jamoasiga teng keladigan raqib topilmadi. Natijada nemislar oltinlari sonini 14taga yetkazib olib, medallar jamğarmasida Norvegiyadan yetakçilikni tortib oldi.
Şuningdek yana ikkita medallar komplekti öz egalarini topişi kerak. Ayni vaqtda hokkey böyiça finalda Rossiyalik olimpiyaçi atletlar Germaniya terma jamoasiga qarşi bahs olib borayotgan bölsa, birozdan söng ayollar çanği poygalarida 30 km masofaga mass-startda ğoliblarni aniqlab olişadi.
Olimpiada-2018
Pyongçang, Janubiy Koreya
25 fevral kuni öynaladigan barça medallar
Kyorling
Ayollar
1. Şvetsiya
2. Janubiy Koreya
3. Yaponiya
Bobsley
Erkaklar
Törtlik
1. Germaniya
2. Germaniya
2. Janubiy Koreya
Hokkey
Erkaklar
Final
Rossiyalik olimpiyaçi atletlar - Germaniya
Boşlangan vaqti – 9:10
Çanği poygalari
Ayollar
Mass-start, 30 km
Boşlaniş vaqti – 11:15
Umumjamoa hisobida medallar jamğarmasi (oltin, kumuş, bronza, jami)
1. Germaniya – 14-9-7 (30)
2. Norvegiya – 13-14-11 (38)
3. Kanada – 11-8-10 (31)












