Janubiy Koreyaning Pyongçang şahrida davom etayotgan Qişki olimpiada öyinlarining hokkey musobaqasi nihoyasiga yetdi.
Finalda Rossiyalik olimpiyaçi atletlar jamoasi Germaniya terma jamoasiga qarşi bahs olib bordi. Dramatik ruhda keçgan finalda ruslar avvaliga ikki marta hisobda oldinga çiqib olgan bölsa, uçinçi davra söngida 2:3 hisobida ortda borişayotgandi. Şundoq ham bir kişi kam bölib öynayotgan jamoa öyin tugaşiga 55 soniya vaqt qolganida hisobni tenglaştirdi.

Overtaymda esa Rossiya töliq ustunlikni qölga oldi «4+4» körinişida davom ettirilgan öyinda nemislar vakili klyuşkasi bilan rossiyalik hokkeyçining yuziga zarba berib yuborgani uçun ikki daqiqaga çetlatildi. Uç kişi qolgan Germaniya esa himoyada uzoq vaqt doş bera olmadi. Kaprizov tomonidan kiritilgan oltin şayba jamoaga ğalaba keltirdi.

Natijada Rossiya termasi öz tarixida birinçi marta Qişki olimpiadalarda oltin medalni qölga kiritdi. Sönggi marta Albervilda 1992 yilda MDH davlatlaridan iborat terma jamoa oltin medalni qölga kiritgandi. 1998 yili Naganodagi öyinlarda rossiyaliklar kumuş medallar bilan taqdirlangan, 2002 yili Solt-Leyk-Sitida ötkazilgan qişki olimpiadada ruslar belaruslarni uçinçi örin uçun keçgan bahsda 7:2 hisobida yenggan.

Germaniya kumuş medal, uçinçi örin uçun bahsda Çexiyani yenggan Kanada bronza medal bilan taqdirlanadi.












