Angliya liga kubogi boş sovrini uçun final uçraşuvi bölib ötdi. «Uembli»da keçgan uçraşuvda «Arsenal» va «Mançester Siti» jamoalari özaro röbaro‘ keldi.
Uçraşuvning 18-daqiqasida Serxio Aguero darvozabon Klaudio Bravo tomonidan yetkazib berilgan töpni Ospina darvozasiga yöllab hisobni oçdi. Birinçi bölimda bu gol yagonaligini saqlab qoldi.
Ikkinçi bölimda oldinga borgan «Siti» vakillari tez orada farqni ikkitaga oşirişdi. Ilkay Gundöğan tomonidan berilgan zarba yönalişini özgartirib yuborgan Vensan Kompani gol muallifi böldi. 65-daqiqada endi David Silva Daniloning pasidan söng ötkir burçakda bölişiga qaramasdan Ospinaning uzoq burçagini aniq nişonga oldi — 3:0. Uşbu natija öyin söngiga qadar özgarmay qoldi.
Bu Gvardiolaning «Mançester Siti» boş murabbiyligidagi ilk sovrini böldi. «Siti» bilan ikkinçi mavsumida işlayotgan kataloniyalik mutaxassis şu kungaça jamoa bilan sovrin yutmagandi. Hozirda jamoa Angliya çempionatida katta farq bilan yetakçilik qilmoqda. Şuningdek Yevropa çempionlar ligasida ham kuraşni davom ettirmoqda.
Angliya Liga kubogi, Final
Arsenal – Mançester Siti 0:3 (0:1)
Gollar: Aguero (18), Kompani (58), Silva (65).
Arsenal: Ospina, Mustafi, Koselni, Monreal (Kolaşinats, 26), Çembers (Uelbek, 65), Özil, Remzi (Ivobi, 73), Uilşer, Çaka, Bellerin, Obameyang.
Mançester Siti: Bravo, Kompani, Danilo, Uoker, Otamendi, Gundöğan, Fernandino (Bernardu Silva, 52), Silva, de Bryuyne, Sane (Gabriel Jyezus, 77), Aguero (Foden, 89).
Ogohlantirişlar: Belerin (24), Remzi (32), Fernandino (36), Çembers (47), Kompani (80), Uilşer (88).












