Jahon | 15:35 / 27.02.2018
5359
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh korporatsiyasi Sky’ni 31 mlrd dollarga xarid qilmoqchi

Foto: Sky

Amerikaning Comcast korporatsiyasi Britaniyadagi Sky Plc’ni xarid qilish bo‘yicha taklif bilan chiqdi. Bu haqda korporatsiya matbuot relizida aytiladi.

Comcast 22 mlrd funt (31 mlrd dollar) yoki har bir aksiya uchun 12,5 funt sterling taklif qildi. Xabarda ta'kidlanishicha, bu summa Sky’ni Rupert Merdokka tegishli bo‘lgan 21st Century Fox mediaguruhi xarid qilmoqchi bo‘lgan puldan 16 foizga ko‘proqdir.

Eslatib o‘tamiz, 2016 yil dekabrida 21st Century Fox Britaniyaning Sky telekompaniyasini 18,5 mlrd funt sterlingga xarid qilish niyatida ekani ma'lum bo‘lgandi.

Shu bilan birga, 2018 yilning yanvarida Britaniya nazorat mahkamasi Merdokning Sky bilan kelishuviga qarshi chiqqani xabar berildi. Monopoliyaga qarshi idora bayonotida aytilishicha, Merdok oilasi a'zolari Buyuk Britaniya jamoatchilik fikriga juda katta ta'sir ko‘rsata boshlagan.

Mavzuga oid