Motor.ru avtomobillardagi 5 ta kelajak texnologiyasi haqida ma'lumot berdi. Bular şunday hay-tek narsalarki, maşinalarni yaqin kelajakda yanada yaxşiroq qiladi.
Land Rover’dan «şaffof kapot»

Bu texnologiya Land Rover Discovery Vision kontsept-karda debyut qilgan bölib, haydovçiga avtomobilning old ğildiraklari oldida nima bölayotganini yaxşiroq tuşunişga yordam berişi kerak. Bunday ixtiro notekis yölda foydali, sababi toşlar va boşqa kutilmagan narsalarga urilib ketişdan saqlaydi. Tizim kuzovning oldingi qismidagi bir neça kamera, kompyuter hamda old oynaga tuşiriluvçi tasvir proyektori yordamida işlaydi.

Ford’dan yölovçilar soğliğini kuzatiş tizimi
Inson avtomobilni boşqaradimi yoki yöqmi, bortdagi yölovçilar bilan hammasi joyida ekanini biliş foydali. Ford’da aynan şunday texnologiya hozir sinovdan ötkazilmoqda. Ruldagi sensorlar va datçiklar tufayli, şuningdek, xavfsizlik kamarlari sabab, avtomobil salonda bölganlarning hayot parametrlarini doimiy ravişda kuzatib boradi.

Bu nega kerak? Birinçidan, bu haydovçi çarçaganini biliş va unga töxtaşni taklif qiliş uçun yaxşi usul. Ikkinçidan, bu bortdagi kutilmagan vaziyatlardan ogohlantiriş imkoni. Uçinçidan esa, avtopilot texnologiyasi bilan birlaşganda, bunday tizim haydovçi bilan yurak xuruji kabi köngilsiz holat yuz berganda uni şifoxonaga olib borişga imkon yaratadi.

BMW’dan sensorli gologrammalar
Bu «texnologiya uçun texnologiya» kabi tasavvur uyğotişi mumkin, biroq aslida hammasi bunday emas. Umuman olganda, bu hozirda 7-seriyadagi BMW’da qöllanilayotgan imo-işoralar bilan boşqariş tizimi rivojidir. Bu yerda u gologramma yordamida «real holat»ga ham ega.

















