Braziliyaning Santa-Katarina ştatida quyoş atrofida paydo bölgan galo deb nomlanuvçi optik hodisa kuzatildi. Bu haqda Globo naşri xabar bermoqda.
Braziliyaliklar noodatiy hodisani 26 fevralda kuzatişgan. Galo ştat poytaxti Florianopolis va yaqin atrofdagi boşqa şaharlardan köringan.
Voqea guvohlari uşbu hodisaning suratlari va videosini internetga yuklaşdi.






Galo kuçli yoruğlik manbalari, asosan quyoş va oy atrofida yuzaga keladi. Uşbu hodisa asosan troposferaning yuqori qatlamlaridagi patsimon bulutlardagi muz kristallari sababli yuz beradi. Kristallar tomondan akslanuvçi va sinuvçi yoruğlik galoga kamalak kabi köriniş beradi.











