2019 yilda Misrda dunyodagi eng yirik quyoş elektr stansiyasi öz işini boşlaydi. Benban Solar Park deb ataluvçi bu elektr stansiyani quriş qiymati 823 mln dollarni, quvvati esa 1,6-2 GVtni taşkil qiladi. Stantsiya çölda, 37,3 kvadrat kilometr maydonda joylaşadi. Loyiha davlat tomonidan moliyalaştirilmaydi, biroq 25 yillik muddatga şartnoma bilan ta'minladi. Şartnomaga köra, Misrning Egyptian Electricity Transmission Company davlat kompaniyasi stansiyadan bir kVt-soat elektr energiyani 7,8 sent narxida sotib oladi.
Umumiy hisobda stansiya 32 ta quyoş qurilmasidan iborat böladi. Ulardan umumiy quvvati 165 MVtni taşkil qiluvçi birinçilari işlatila boşlandi.
Bugungi kunda Misrda quyoş energetikasidagi umumiy quvvati 1,5 GVt bölgan 29 ta loyihaga 1,8 mlrd dollar ajratilgan. 2018 yilda mamlakat “gigavatt klubi”ga kirişi kutilmoqda, ya'ni mamlakatda 1 GVt lik quyoş qurilmalari işga tuşiriladi.












