Tahririyatga kelib tuşgan ayrim murojaatlar bilan tanişib, özimda şubha paydo böladi: biz XXI asrda yaşamoqdamizmi? Savolni aniqroq qilib ifodalasam, Özbekiston xalqining barçasi XXI asr imkoniyatlaridan birdek foydalana olyaptimi? Bu xayollar tözğigan bir paytda Kun.uz muxbiri Namangan şahri Gulpora MFYda istiqomat qiluvçi kişining murojaati izidan vodiy tomon yöl oldi.
E'tiroflarda «Namangan gullar şahri», deb atalmiş viloyat aslida mohir çevarlar, xuşmuomala somsapazlarga ham töla. Şahar köçalarini aylangan har bir sayyoh yangi qad rostlagan binoga mahliyo bölib, köça taomlaridan totib körişga urinadi. «Çorsu» bozorini bir aylanib çiqişdagi zavqni aytmaysizmi!
Ammo, hikoyaning yaxşi sözlari şu yerda adoğiga yetdi. Bozordan sal yuqoriga qarab qadam taşlagan mehmon Q.Otamirzayev köçasiga çiqadi. Bu yerda jöşqin Namangan hayotining aks manzarasiga guvoh bölasiz. Şu onda şahar markazida yaşab turgan xalqning açinarli ahvoli biroz öyga çömdirdi: nega?!

Ma'lum qilinişiça, bu mahallada ham bir paytlar tabiiy gaz ta'minoti uzluksiz bölgan. Bora-bora «bosim pasaygan» deya bir qator vajlar bilan aholi 2012 yilda tabiiy gaz iste'molidan uzib qöyilgan. Insoniyat yer yuzida paydo bölibdiki, yaşaş uçun birlamçi şaroitlarni hozirlab keladi, gulporaliklar ham şunday qildi. Mahallada öziga töq, iqtisodiy baquvvat oilalar suyultirilgan gaz ballonlarini sotib olgan, qiş qiliçini yalanğoçlab kelsa, sifatli kömirga oşiqadi. Ular xonadonni isitiş, tabiiy gaz örnini qoplaş uçun elektrlaşgan isitiş tizimini örnatgan.




















