“Agar öz vaqtida çora körilmasa, çorva mollarimiz aprel-may oyidan boşlab “röza” tutadi. Hokimiyatdan kelib, yer islohotini vaj qilgan holda, 3-5 yillik beda maydonlarimizni dodimizga ham qaramay buzib taşlaşdi. Xorijdan keltirilgan qoramollarga jaydari mollardek qaralmaydi, axir. Ular bir kunda tonnalab yemiş yeydi”, - deydi şahrisabzlik fermerlar.
Bugungi kunda Şahrisabz tumanida çorvadorlik bilan şuğullanuvçi fermer xöjaliklari aksariyatining boşi qotgan. Gap şundaki, ularning beda maydonlari tuman hokimligi tomonidan buzib taşlanmoqda. Böşagan yerlarga hokimlik paxta ekilişini aytmoqda. Çorva fermerlariga esa, özlaridan bir neça 10 km uzoqlikdagi suv çiqmaydigan yoki lalmi yerlar taklif etilmoqda. Yoki umuman boşqa tumanda çorvaçiligini davom ettirişini tavsiya qilişmoqda. KUN.UZ muxbiri Qaşqadaryo viloyatiga xizmat safari çoğida tahririyatga murojaat qilgan şahrisabzlik fermerlar bilan uçraşib, muammoni örganişga harakat qildi.

Fermerlarning aytişlariça, “agar öz vaqtida çora körilmasa, çorva mollari aprel-may oyidan boşlab “röza” tutadi. Hokimiyatdagilar yer islohotini vaj qilgan holda, 3-5 yillik beda maydonlarini buzib taşlagan”. Ularning ta'kidlaşiça, xorijdan keltirilgan qoramollar jaydari mollarga öxşamaydi, ularning yem-xaşagi, kunlik ratsioni turliça böladi. Ular bir kunda tonnalab yemiş yeydi. Qolaversa, aksariyati naslçilik, sut yetkazib berişga ixtisoslaştirilgani sababli bir kunda 1,5 tonnagaça sut yetkazib beruvçilari ham bor. Bundan taşqari, nafaqat tuman va viloyat, balki Toşkent bozorlariga ham sifatli göşt yetkazib berilmoqda.
Fermerlarning biri ötgan yili aholiga 55 boş zotdor buzoq sotgan bölsa, boşqa biri 28 boş sotgan. Bizga murojaat qilgan fermerlarda 200 ga yaqin işçi doimiy iş bilan ta'minlangan bölsa, mavsumiy iş bilan ham 100 ga yaqin işçi ta'minlanadi. Endilikda, beda maydonlari buzilganidan söng, çorvadorlar nima qilişlarini bilmay boşlari qotgan. Ularning dardini heç kim eşitmayapti. Çunki, ötgan yilgi yoz-kuz mavsumida jamğarilgan yem-xaşak, ularga köra, aprel oyi oxirlari-may oyi boşlarida tugaydi. Bungaça, ular beda maydonlaridan birinçi örimni yiğib olişlari kerak edi.
Biz çorvadorlarni qiynayotgan masalalarni joyida örganganimizdan söng, tuman hokimi Xolbobo Bozorov bilan uçraşdik.














