Qilichbozlik. O‘zbekiston terma jamoasi o‘z tarixida birinchi marta Osiyo chempionatida sovrindor bo‘ldi

Foto: MOQ
Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida qilichbozlik bo‘yicha o‘smirlar va kadetlar o‘rtasida Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda.
Musobaqaning qilich (sablya) yo‘nalishida jamoaviy bahslarda qatnashgan o‘zbekistonlik kadet ustalari chorak finalda Iordaniya terma jamoasini 45:23 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, yarim final yo‘llanmasiga, yarim finalda esa kuvaytlik raqiblarni 45:44 hisobida mag‘lub etib, final yo‘llanmasiga ega bo‘lishgandi.
Hal qiluvchi final jangida sportchilar Janubiy Koreyaga 26:45 hisobida yutqazib qo‘ydi va Osiyo chempionatining kumush medali sohibiga aylandi.
Qizlar terma jamoasi ham jamoaviy bahslarning chorak finalida Osiyoning kuchli terma jamoalaridan biri hisoblangan Yaponiya terma jamoasini 45:43 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Shuni alohida qayd etib o‘tish lozim, hisob 38:40 ko‘rinishida raqiblar foydasiga hal bo‘layotgan bir vaqtda, Zaynab Dayibekova o‘z jangida 7:3 hisobida g‘alaba qozona oldi va jamoaga g‘alaba keltirdi. Umumiy hisob: 45:43
Final yo‘llanmasi uchun kechgan jangda qizlar terma jamoasi Janubiy Koreya terma jamoasiga 23:45 hisobida imkoniyatni boy berdi va yakunda Osiyo chempionatining bronza medallarini qo‘lga kiritishdi.
Ma'lumot uchun, qilich (sablya) bo‘yicha bahslarda terma O‘zbekiston trema jamoasi tarkibida quyidagi sportchilar jang o‘tkazdi:
Jaloliddin Dushamboyev (2002 yil) - Chirchiq Olimiya zaxiralari sport kolleji tarbiyalanuvchisi;
Sherzod Mamutov - (2002 yil) - Qoraqalpog‘iston Respublikasi agro va suv xo‘jaligi kolleji o‘quvchisi;
Pazilbek Genjyebayev - (2003 yil) - Qoraqalpog‘iston Respublikasi 2-sonli ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi;
Bobirjon Rasulov - (2002 yil) - Toshkent shahri, 34-sonli maktab o‘quvchisi;
Zaynab Dayibekova (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus Olimpiya zaxiralari kolleji o‘quvchisi);
Sevinch Ismoilova (Toshkent shahri rassomchilik kolleji o‘quvchisi);
Shahnoza Tog‘aymurodova (Toshkent shahri 300-sonli maktab o‘quvchisi);
Sevila Xudoyberganova (Chirchiq Olimpiya zaxiralari kolleji o‘quvchisi).
Tavsiya etamiz
Importga cheklovlar: mas’ul va faollar o‘rtasida qizg‘in tortishuv
O‘zbekiston | 22:40 / 08.04.2025
YeChLda chorakfinal. «Real» va «Arsenal» o‘yinida kim favorit?
Sport | 19:34 / 08.04.2025
Toshkentdagi qahvaxonada til bilan bog‘liq holat muhokamalarni keltirib chiqardi
O‘zbekiston | 23:03 / 07.04.2025
Xitoylik tadqiqotchilar Osiyoda yangi zilzilalar kuzatilishidan ogohlantirdi
Jahon | 21:46 / 06.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Britaniyalik rassomning 10 funtga xarid qilingan kartinasi 1 mln funtga sotilishi mumkin
Jahon | 23:24
-
9 aprel yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
O‘zbekiston | 23:18
-
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59
-
AQSh “Tolibon” bilan faol muloqotga kirishdi. G‘arbning talablari o‘zgardimi?
Jahon | 22:28
Mavzuga oid

12:49 / 14.02.2025
Chempionlar vatanga qaytishdi

15:20 / 12.02.2025
O‘zbekiston amputantlar jamoasi Osiyo chempioni bo‘ldi

17:48 / 11.12.2024
O‘zbekiston boks bo‘yicha Osiyo chempionatida tengsiz bo‘ldi

17:23 / 13.08.2023