
Tokioda 2020 yilda bölib ötadigan yozgi Olimpiada va Paralimpiada rasmiy timsollari sifatida yapon animesi yönalişidagi özgaça uslubda bölgan şaklçalar tanlandi. Ular mos ravişda kök va puşti rangdagi katak-katak bezakka ega. Öyinlar taşkiliy qömitasi huzuridagi maxsus kengaş bu qaror haqida çorşanba kuni ma'lum qildi.
Kengaş 11 dekabr – 22 fevral kunlari Yaponiyadagi 16 mingdan ortiq boşlanğiç maktablar öquvçilari örtasida ötkazilgan ovoz beriş natijalariga asoslandi. NHK televideniyesi xabariga köra, Öyinlar timsolini aniqlaş böyiça şunday uslub olimpiya harakati tarixida birinçi marta qöllanildi.
Tanlov doirasida Olimpiada va Paralimpiada timsollarining taxminan ikki ming varianti bor edi. Ötgan yilning oktabr oyi örtalariga kelib, ulardan uçtasi tanlab olindi, ular boşlanğiç sinflar öquvçilari muhokamasiga qöyildi.
Eslatib ötamiz, Tokiodagi Olimpiada 24 iyul – 9 avgust kunlari, Paralimpiada esa 25 avgust – 6 sentabr kunlari bölib ötadi.











