AQŞning Jorjiya ştatidagi maktabda öqituvçi otişma sodir etdi. Buning oqibatida heç kim jabrlanmagan, öqituvçi esa qölga olingan. Maktab faoliyati vaqtinçalik töxtatilgan. Bu haqda tvitterda mahalliy politsiya ma'lum qildi.
Delton şahrining tvitterdagi akkauntida Toşkent vaqti bilan soat 22:30da bir kimsa mahalliy maktabning sinfxonalaridan birida qamalib olgani va bu öqituvçi ekanligi haqida xabar paydo bölgan.
Keyinroq politsiya ota-onalarni maktab binosiga kirmaslikka çaqirgan va 10 daqiqa ötmasdan, gumonlanuvçi qölga olinganini ma'lum qilgan.
AQŞda Floridadagi maktabda yuz bergan ommaviy qotillikdan keyin bunday voqealar sinçkov kuzatilmoqda.
AQŞ prezidenti Donald Tramp ba'zi öqituvçilarni xavf paydo bölgan vaqtda öz öquvçilarini himoyalay olişlari uçun qurollantiriş variantini muhokama qilmoqda. Biroq bu taklif köplab tanqidlarga uçradi, çunki odamlar köngilsiz voqealar yanada köproq yuz berişidan xavotirlanmoqdalar.













