AQŞning Amazon onlayn-riteyleri “aqlli” eşik qönğiroqlarini yaratiş ustida iş borayotgan Ring startapini sotib oldi. Bu haqda ikkala kompaniya vakillariga iqtibos keltirgan holda CNBC telekanali xabar bergan.
Bitim qiymati oşkor qilinmagan, biroq qator naşrlar gap 1 mlrd dollar haqida ketayotganini yozişmoqda. Ta'kidlanişiça, Ring startapi Amazon tarkibida mustaqil biznes sifatida rivojlanaveradi.
Ring telefon yoki kompyuterdagi dastur orqali boşqariş mumkin bölgan videoqönğiroqlar va xavfsizlik kameralari, xavfsizlik tizimlari va tutun datçiklari işlab çiqaradi.
Tahlilçilarning fikriça, bitim xavfsizlik sohasida va mahsulotlarni “eşik oldigaça” yetkazib berişda hamkorlikka yangi imkoniyatlar oçadi.
Ring 2012 yilda taşkil etilgandan beri 290 mln dollar jalb qila olgan. Startap boş qarorgohi Santa-Monikada joylaşgan.
Ring qönğiroği bu şunçaki qurilma emas, balki real vaqtda uydan kim çiqayotgani va uyga kim kirayotgani ortidan kuzatib, videoga yoza oladigan bulutli yeçim hisoblanadi.












