Bugundan juda katta özgarişlar kiritilgan yangi futbol mavsumi boşlanadi. Muxlislar - Oliy va Birinçi liga deya ataluvçi ikkita nufuzli musobaqalar tizimini Superliga va Pro-liga deya atalişiga yil davomida könikib olişsa kerak.
Işqibozlar musobaqalarning nomi özgarganidan taajjubga tuşgani yöq. Asosiysi, natija özgarsin.
Ma'lumki, mazkur musobaqalar Professional futbol Ligasi (PFL) taşkiloti boşqaruvida ötkaziladi.
Futbolning boşqa sport turlaridan eng katta farqi uning katta mablağ talab qilişida bölsa kerak. Öşa Superligada iştirok etuvçi bitta klub uçun ketadigan mablağ bilan boşqa sport turidagi butun boşli federatsiyani ta'minlaş mumkin. Nima ham derdik, butun dunyoda şunday.
Faqat özbek futbol rivoji uçun qança katta mablağ sarflanmasin, xalqaro maydonlardagi natijalar borgan sari maydalişib ketmoqda (söngi 15 yil içidagi yakka-yagonasi U-23 yutuği bundan mustasno).
Endi PFL bilan boğliq raqamlarga töhtalsak. 2018 yilgi mavsum reglamentida Superliga va Pro-liga klublaridan olinadigan mablağlar aniq körsatib ötilgan.
Jumladan, 2018 yilning 1 fevraliga qadar Superliga klublari PFLga 500 million sömdan, Pro-liga jamoalari esa 40 million sömdan badal puli tölaşlari kerak. Ma'lumotlarga köra mazkur badal pullari asosiy jamoa bilan birgalikda klub qoşida taşkil etiladigan ayollar va bolalar ligasida iştirok etuvçi jamoalar uçun tölanar ekan.
Endi tasvvur qiling, faqatgina Pro va Super liga jamoalaridan PFLga kelib tuşadigan umumiy summa taxminan 6 milliard 720 million sömni taşkil etadi.
Uşbu mablağlar birinçi navbatda musobaqalarni ötkaziş, sport inventarlari va zaruriy texnik vositalarni xarid qiliş, klublarning turli yoşdagi jamoalari örtasida Respublika birinçiliklarini ötkaziş, ilmiy-metodik qöllanmalar naşr etiş, çempionat uçraşuvlarida işlaydigan hakamlar, nazoratçilar, komissarlar maoşlarini tölaşga sarflanadi.
Badal pullari miqdorini belgilaşda yangi mavsumda jamoalar soni qisqargani, uçraşuvlar soni esa köpaygani ham inobatga olingan.
Futbolimiz köp xarajatli rivojlaniş yölini tanladi. PFLning 15 sahifadan iborat talablarini bajariş uçun qurbi yetadigan klublar soni qança bölişini esa mavsum boşlanganida bilamiz. Har bir klub qoşida özining futbol akademiyasi va törtta yoş toifasidagi hamda oliy tabaqadagi çempionatida ayollar jamoalari bölişi kabi talablarning özi ham klublar xarajatlarining qay darajada köpayişini körsatib turibdi. PFL tomonidan qöyilgan talab va badal pullarini vaqtida bajara olmagan jamoalar çetga çiqib qoladimi yöqmi buni vaqt körsatadi.










