WSB yönalişidagi musobaqalarda iştirok etayotgan «Uzbek Tigers» jamoasi boksçi, -60 kg vazn toifasida ringga çiqadigan Şunqor Abdurasulov ertaga bölib ötadigan jangi oldidan öz fikrlari bilan örtoqlaşdi.

«Bu safargi janglarga tayyorgarligimiz yaxşi böldi deb ayta olaman. Kubadan uçralgan mağlubiyatdan kerakli xulosalarni çiqarib oldik. Ertaga bölib ötadigan janglarda 5:0 hisobida yutib Kubadagi mağlubiyat vaqtida qilgan xatolarimizni töğrilab, aybimizni yuvişga intilamiz.

Raqib mutlaqo notaniş, uni faqat internet orqali örganiş imkoniyati böldi. Ertaga bu qöl keladi degan umiddamiz», deya gapirib ötdi Abdurasulov KUN.UZ muxbiri bilan suhbatda