AQŞ fond bozorining qulaşi sayyoradagi eng badavlat odamlar boyligi körsatkiçlari özgarişiga olib keldi: Uorren Baffet uç kun içida 3,74 mlrd dollarni yöqotgan bölsa, Mark Tsukerberg pullari 3,71 mlrd dollarga kamaydi.

AQŞ fond bozoridagi qulaş sabab sönggi uç kun içida jahon böyiça eng katta yöqotişlarga Berkshire Hathaway rahbari Uorren Baffet va Facebook asosçisi Mark Tsukerberg uçradi, deb xabar bermoqda Bloomberg.

Har bir milliarderning boyligi uç kunda 3,7 mlrd dollarga kamaydi. Google hammuassisi Larri Peyj şu kunlarda 3,1 mlrd dollardan ayrildi, uning hamkasbi Sergey Brin esa 3 mlrd dollarni yöqotdi. «Kuçli» uçlikka Zara egasi Amansio Ortega yakun yasab berdi – uning davlati uç kunda 2,5 mlrd dollarga qisqardi.

Jahondagi eng badavlat 500 odamning şu kunlardagi umumiy yöqotişlari 128 mlrd dollarni taşkil etdi, şu bilan birga, amerikalik boylar 55 mlrd dollardan ayrildi.