Bugun, 1 mart kuni Samarqand viloyati va Tojikiston Respublikasining Söğd viloyati örtasidagi «Jartepa» va «Sarazm» avtomobil ötkaziş punktlari qaytadan oçildi.
Mazkur maskanning oçiliş marosimida ikki viloyatning jamoatçilik vakillari, faollar va çegara hududidagi mahallalarda yaşovçi aholi, davlat va jamoat taşkilotlari mas'ullari iştirok etdi.
Tantanali tarzda va döstona muhitda ötgan marosimlarda Samarqand viloyati hokimi Turobjon Jörayev va Söğd viloyati hokimi Rajabboy Ahmadzoda qatnaşdi.
Jam bölganlar ikki xalq örtasidagi qadim-qadimdan davom etib kelayotgan döstlik munosabatlarida oçilayotgan yangi sahifalarning deboçasiga guvoh bölişdi.
Samarqand viloyat hokimligi axborot xizmati tadbirlardan reportaj tayyorladi.
Dastlab «Sarazm»dan «Jartepa» ötkaziş maskaniga qöşni respublika vakillari karnay-surnay sadolari ostida kirib keldi.



Bayramona tusga kirgan maskanda Samarqand viloyati hokimi Turob Jörayev mehmonlarni unutilmas taşrif bilan qutlab, Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmonning xalqlarimiz örtasidagi döstlik aloqalarini yanada mustahkamlaş borasida olib borayotgan sa'y-harakatlari yuksak samaralar berayotganini ta'kidladi.



Söğd viloyati hokimi Rajabboy Ahmadzoda nazorat-ötkaziş punktining oçilişi ikki xalq manfaatiga bir xilda xizmat qilişi, bu döstlik aloqalarini mustahkamlaşga xizmat qilişi haqida gapirdi.




















