AQŞ FTB Ivanka Trampning xalqaro şartnomalaridan birini örganmoqda, deb xabar beradi CNN ikki manbaga asosan.

Ularning sözlariga köta, FTB Vankuverdagi Trump International mehmonxonasi va minoraga aloqador bölgan kelişuvlar böyiça muzokaralar hamda moliyalaştiriş jarayonini örganib çiqmoqda.

Ta'kidlanişiça, Ivanka Tramp prezidentning maslahatçisi sanaladi, tekşiruv oddiy jarayondir. FTB ham Ivanka Trampning, ham uning turmuş örtoği Jared Kuşnening xalqaro şartnomalarini jiddiylik bilan örganmoqda. Bu «balki ulardan biri xorijiy agentlar, jumladan Xitoy tomonidan bosim körinişidagi tahdidga uçraganini» aniqlaş uçun kerak.