Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirişning asosiy yönalişlari böyiça taşabbuslar bilan çiqiş, aholini öylantirib kelayotgan dolzarb hayotiy masalalarni çuqur örganiş va hal etişda mahalliy Kengaşlardagi deputatlar, partiya guruhlari faolligi muhim örin tutadi, deb yozmoqda "Milliy tiklaniş" gazetasi.
Xalq deputatlari Namangan viloyat, tuman va şahar Kengaşlariga Özbekiston “Milliy tiklaniş” demokratik partiyasidan saylangan deputatlar ham öz vakolatlaridan tölaqonli va unumli foydalanişga intilib, mavjud masala-muammolarni hal etişga alohida e'tibor qaratmoqda.
Qayd etilişiça, 2017 yilda mahalliy Kengaşlardagi partiya guruhi a'zolari qonun va hukumat qarorlarining joylardagi ijrosi hamda fuqarolardan kelib tuşgan murojaatlar asosida 338 deputatlik sörovini amalga oşirdi. Xalq deputatlari Namangan şahar, Çortoq, Çust, Uyçi, Uçqörğon, Namangan tuman Kengaşlaridagi partiya guruhi a'zolari deputatlik sörovlarini amalga oşirişda faollik körsatgan bölsa, Kosonsoy, Norin, Töraqörğon, Pop va Mingbuloq tuman Kengaşlaridagi ayrim deputatlar faoliyatida sustkaşlik közga taşlangan: ular öz vakolatlaridan unumli foydalana olmagan.
Ötgan yil davomida 33 deputatlik söroviga ayrim korxona, taşkilot va muassasalar mutasaddilarining mas'uliyatsizligi natijasida javob qaytarilmagan. Ma'lumki, “Xalq deputatlari viloyat, tuman va şahar Kengaşi deputatining maqomi töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi qonunining 8-moddasiga asosan deputat tegişli hududda joylaşgan davlat hokimiyati va boşqaruvi organlarining mansabdor şaxslariga ularning vakolatlariga kiradigan masalalar yuzasidan asoslantirilgan tuşuntiriş beriş yoki öz nuqtai nazarini bayon qiliş talabi bilan deputatlik sörovi yuborişga haqli. Qolaversa, davlat hokimiyati va boşqaruvi organlarining mansabdor şaxslari deputat söroviga javobni mazkur sörov olingan kundan e'tiboran ön kundan keçiktirmay yuborişi lozim. Ammo öz işiga sovuqqonlik bilan qarayotgan, xalq vakillari kötarib çiqayotgan dolzarb masalalarning yeçimiga yetarli darajada ahamiyat bermayotgan befarq, loqayd mutasaddilar hamon uçrab turibdi.
Masalan, xalq deputatlari viloyat Kengaşi deputati, ÖzMTDP guruhi rahbari Odiljon Mamatkarimovning 2017 yil 30 may kuni viloyat örta maxsus, kasb-hunar ta'limi boşqarmasi boşliği nomiga yöllagan söroviga hanuz javob olingani yöq. Mazkur sörovda xalq deputatlari viloyat Kengaşining 2016 yil 29 dekabrda qabul qilingan “Namangan viloyatida jamoat joylari, ommaviy axborot vositalarida özbek adabiy tili me'yor va qoidalariga amal qilinişining monitoringi natijalari töğrisida”gi qarorini çuqur örganib, ijrosini ta'minlaş, monitoring davomida aniqlangan kamçiliklarni bartaraf etiş zarurligi qayd etilgan edi.











